среда, 8 апреля 2015 г.

"Hormang, Lolaxon"

     Begim kunlari vaqtim to'liq ishxonada o'tganligi sababli, asosiy bozorlik haridlarni dam olish kunlarida amalga oshiramiz. Oziq-ovqatlarni "optom" olishga Qo'yliq bozori qulayroq. Ham arzon, ham tanlov bemalol. Ko'pincha qoplab olinadigan mahsulotlar usha bozordan olinadi.  
     Bu safar bozorlik qilib bo'lib qaytayotsak, salatchilar rastasiga ko'zim tushdi. Uydagilarga "markovcha yoki chimchi"dan bo'lsa xech rad qilishmaydi. Ha mayli shuniyam olaqolaman degan niyatda sekin aylanib chiqdim odatga ko'ra hammasini solishtirib, surishtirib. Keyin bir tanishim aytgan maslahati yodimga tushib qoldi: "koreyscha salatlarni aynan koreyslar maromiga yetkazib tayyorlaydi" degandi. 
     Shunga bo'lsa kerak sekin qarab borsam, bir burchakda koreyslar yig'ilib olib savdoni "besh" qilib o'tirishibdi. Qator boshida o'tirgan koreys ayolni oldiga bordim. 6-7 xil salatlarni ishtaha ochadigan qilib qator terib qo'ygan. Keraklisini mazasini totib ko'rib, narxini so'rab olayotsam sotuvchining yonidagi "konkurent" ayollar, "hormasinlar Lolaxon" deb qolishdi. Sotuvchiyam o'zini eshitmaganga olib, men bilan savdo qilaverdi. Ko'rsez huddi koreys deb o'ylaysiz, ko'rinishi, gapirishiyu o'zini tutishi ham TanGem hamyurtlaridek... 
     Nima ham derdim. Haqiqiy mehnati bilan o'z mijozlariga ega bo'layotganlar qanchadan-qancha. Lekin Lolaxon kabi biznes deb o'zligini yo'qotishi kerakmikin?! To'g'ri bu bir ummondan tomchi bo'lgan holat. Baribir, odamlar orasida tirikchilikni deb, pul topish maqsadida turli yo'llarga yorg'alayotganlarga insof bersin, O'zi kifoya qilsin ekan.

вторник, 7 апреля 2015 г.

Dunyodagi eng qadrli va glamur butsalar


Qanchalik ajablanarli bo'lmasin, dunyo bo'yicha eng qimmat hisoblanuvchi futbol butsalari bu millionlar kumiri bo'lmish Krishtiano Ronalduniki ham emas, va hattoki eng mashhur yulduz David Bekhemga ham tegishli emas ekan. Bunga Fransiyaning "PSJ" jamoasi a'zosi va Fransiya terma jamoasi futbolchisi - Mamadu Sako sazovor bo'libdi. Ha aynan unga tegishli ekan dunyodagi eng qimmat va eksklyuziv butsalar - Nike Swarovski. Bu butsalar Nike Mercurial Superfly II FG asosiga ega bo'lgan.
Nike Mercurial Superfly II Swarovski butsasi Parijdagi Orrovan Design Studios dizayneri yosh Pyerro ishining mahsuli hisoblanadi, u butsaga tartib bilan 5000 dona yorqin toshchalarda terib chiqqan. Butsaning har biri alohida va o'zgacha ko'rinishga ega. Ya'ni, butsaning o'ng poyiga braziliya bayrog'i ranglari tushurilgan bo'lsa, chap tarafida fransuz bayrog'i tasviri tushirilgan, bu o'z navbatida Braziliya va Fransiya hamohangligi belgisidir.
"Orrovan" studiasi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu butsalar narxi aniq emas, zero uning tannarxiga kiritishimiz mumkin: Nike Mercurial Superfly II - 400 dollar, taxminan olganda har bir toshi 65 dan 280 dollargacha baholanadigan 5000 dona toshchalari, undan tashqari amaliy qo'l mehnati. Shuni ham aytib o'tish joizki, ushbu konsepsiya parij dizayn studiosining yangi ishi emas, bu Nike kompaniyasi mahsuloti va NikeID deb nomlanuvchi dastur bo'lib, istaganlar bemalol o'zlari uchun individual holdagi butsalarni buyurtma qilishi mumkin.
Qayd etish qo'yish mumkin-ki, Runi, Ronaldo, Riberi va Drogba kabi futbolchilar individual butsalarga ega futbolchilardir. Fransiyalik "olifta" Mamadu Sako o'ziga yuqoridagi butsalarni egasi bo'lgunga qadar, dunyo bo'yicha eng qimmat butsalar mashhur angliyalik yulduzlar - Jon Terri, Ueyn Runi va Rio Ferdinandga tegishli edi. 2010 yilda Londonda bo'lib o'tgan kam ta'minlangan oilalar farzandlari ishtirokida o'tkazilgan hayriya auksionida ushbu uch juft yulduzli 7444 dona qimmatbaho toshlardan tarkib topgan butsalar jami 770 ming dollarga baholangan edi. 
Butsalarni zargarona qilib ishlash fikri Riodan chiqdi: "Bu ishimiz shaxsan menga va terma jamoamizdagi sheriklarimga, bechorahol oilalar va bolalarga yordam va mehr ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat edi. Fikrimni Jon va Ueynga yetkazganim zahoti ular meni qo'llab-quvvatladilar."
1. Birmuncha qimmat Umbro Special butsasi Jon Terriga tegishli bo'lib, u 270 ming dollarga sotilgan. Unda 2374 dona qimmatbaho toshlar  mavjud: oq oltin, 84 dona qora briliant va oq brilliantlar bilan 27 karat keladi, undan tashqari sapfir og'irligi 11 karat.
2. Runiga tegishli Nike Total 90 Laser II butsalari 250 ming dollarga qiymatlangan. Juft oyoq kiyim 2576 xil toshlar bilan bezatilgan, orasida oq brilliant 10 karat va qorasi 31 karat. Futbolchi raqami yozilgan "10" esa pushtirang tilladan.
3. Huddi shunday 250 ming dollarga sotilgan Total 9 butsasi mashhur himoyachi Rio Ferdinandga tegishli edi. Bu butsa graffiti-art uslubida kino prodyusser va sobiq musiqachi Goldie tomonidan ishlangan. Futbolchi raqami "5" pushtirang tilladan, 2494 dona toshchalari bor, 18 karatdan ko'proq oq olmos, 15 karat qora olmos va 11 karat yoqutdan iborat.

Internet ma'lumotlari asosida tayyorlandi