среда, 31 мая 2017 г.

Kuchli 4 lik chempionatlar jamlanmasi (mixed)

O'tgan hafta Yevropada kuchli beshlik chempionat bahslari nihoyasiga yetdi. Chempionlar va autsayderlar nomi aniq bo'lib ulgurdi. Biz esa fursatdan foydalanib, bir qiziqarli (balki kimgadir qiziq emasdir) statistika bilan tanishtirib o'tmoqchimiz. (https://www.facebook.com/barsauz-120532904716696/)

Demak ushbu jadvalda ko'rinib turganidek, 4 ta chempionatlar jamoalarini bitta joyga jamlab, erishgan natijalariga ya'ni ochkolariga ko'ra o'rin berildi. Monako (Fransiya) muhlislarini tabriklasak bo'ladi. Bu jamoa nafaqat o'z chempionatida go'lib bo'ldi, balki kuchli to'rtlikda ham birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Shu joyida nega to'rtlik jamoalari ekanligini aytib o'tsam. Bilasiz Germaniyada 18 jamoa qatnashdi va ularda o'yinlar soni tabiiyki kam.

Yana e'tibor berilsa, Chelsi (Angliya) va Monako (Fransiya) jamoalari yutuqlar soniga ko'ra eng yuqori natija qayd etdi. Bir mavsum 30 tadan g'alaba. Eng quyidagi o'rinlardagi jamoa Peskara (Italiya) esa 3 ta g'alabani o'ziniki qilib olgan.

Eng ko'p gol urish bo'yicha Barselona (Ispaniya) klubi 116 ta gol bilan birinchi o'rinda. O'z navbatida bu to'plar nisbatida ham aks etgan (79). Midlsboro (Angliya)da eng kam 27 ta gol. Tottenhem (Angliya) jamoasi eng kam gol o'tkazgan 26 ta. Osasuna (Ispaniya) esa 94 ta golni o'z darvozasidan olib chqishga majbur bo'lgan.

Duranglar soni eng ko'pi UEFA kubogi egasi Manchester Yunayted (Angliya) da - 15 ta. Roma (Italiya) da esa bor yo'gi 3 tagina durang natija.

среда, 8 апреля 2015 г.

"Hormang, Lolaxon"

     Begim kunlari vaqtim to'liq ishxonada o'tganligi sababli, asosiy bozorlik haridlarni dam olish kunlarida amalga oshiramiz. Oziq-ovqatlarni "optom" olishga Qo'yliq bozori qulayroq. Ham arzon, ham tanlov bemalol. Ko'pincha qoplab olinadigan mahsulotlar usha bozordan olinadi.  
     Bu safar bozorlik qilib bo'lib qaytayotsak, salatchilar rastasiga ko'zim tushdi. Uydagilarga "markovcha yoki chimchi"dan bo'lsa xech rad qilishmaydi. Ha mayli shuniyam olaqolaman degan niyatda sekin aylanib chiqdim odatga ko'ra hammasini solishtirib, surishtirib. Keyin bir tanishim aytgan maslahati yodimga tushib qoldi: "koreyscha salatlarni aynan koreyslar maromiga yetkazib tayyorlaydi" degandi. 
     Shunga bo'lsa kerak sekin qarab borsam, bir burchakda koreyslar yig'ilib olib savdoni "besh" qilib o'tirishibdi. Qator boshida o'tirgan koreys ayolni oldiga bordim. 6-7 xil salatlarni ishtaha ochadigan qilib qator terib qo'ygan. Keraklisini mazasini totib ko'rib, narxini so'rab olayotsam sotuvchining yonidagi "konkurent" ayollar, "hormasinlar Lolaxon" deb qolishdi. Sotuvchiyam o'zini eshitmaganga olib, men bilan savdo qilaverdi. Ko'rsez huddi koreys deb o'ylaysiz, ko'rinishi, gapirishiyu o'zini tutishi ham TanGem hamyurtlaridek... 
     Nima ham derdim. Haqiqiy mehnati bilan o'z mijozlariga ega bo'layotganlar qanchadan-qancha. Lekin Lolaxon kabi biznes deb o'zligini yo'qotishi kerakmikin?! To'g'ri bu bir ummondan tomchi bo'lgan holat. Baribir, odamlar orasida tirikchilikni deb, pul topish maqsadida turli yo'llarga yorg'alayotganlarga insof bersin, O'zi kifoya qilsin ekan.

вторник, 7 апреля 2015 г.

Dunyodagi eng qadrli va glamur butsalar


Qanchalik ajablanarli bo'lmasin, dunyo bo'yicha eng qimmat hisoblanuvchi futbol butsalari bu millionlar kumiri bo'lmish Krishtiano Ronalduniki ham emas, va hattoki eng mashhur yulduz David Bekhemga ham tegishli emas ekan. Bunga Fransiyaning "PSJ" jamoasi a'zosi va Fransiya terma jamoasi futbolchisi - Mamadu Sako sazovor bo'libdi. Ha aynan unga tegishli ekan dunyodagi eng qimmat va eksklyuziv butsalar - Nike Swarovski. Bu butsalar Nike Mercurial Superfly II FG asosiga ega bo'lgan.
Nike Mercurial Superfly II Swarovski butsasi Parijdagi Orrovan Design Studios dizayneri yosh Pyerro ishining mahsuli hisoblanadi, u butsaga tartib bilan 5000 dona yorqin toshchalarda terib chiqqan. Butsaning har biri alohida va o'zgacha ko'rinishga ega. Ya'ni, butsaning o'ng poyiga braziliya bayrog'i ranglari tushurilgan bo'lsa, chap tarafida fransuz bayrog'i tasviri tushirilgan, bu o'z navbatida Braziliya va Fransiya hamohangligi belgisidir.
"Orrovan" studiasi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu butsalar narxi aniq emas, zero uning tannarxiga kiritishimiz mumkin: Nike Mercurial Superfly II - 400 dollar, taxminan olganda har bir toshi 65 dan 280 dollargacha baholanadigan 5000 dona toshchalari, undan tashqari amaliy qo'l mehnati. Shuni ham aytib o'tish joizki, ushbu konsepsiya parij dizayn studiosining yangi ishi emas, bu Nike kompaniyasi mahsuloti va NikeID deb nomlanuvchi dastur bo'lib, istaganlar bemalol o'zlari uchun individual holdagi butsalarni buyurtma qilishi mumkin.
Qayd etish qo'yish mumkin-ki, Runi, Ronaldo, Riberi va Drogba kabi futbolchilar individual butsalarga ega futbolchilardir. Fransiyalik "olifta" Mamadu Sako o'ziga yuqoridagi butsalarni egasi bo'lgunga qadar, dunyo bo'yicha eng qimmat butsalar mashhur angliyalik yulduzlar - Jon Terri, Ueyn Runi va Rio Ferdinandga tegishli edi. 2010 yilda Londonda bo'lib o'tgan kam ta'minlangan oilalar farzandlari ishtirokida o'tkazilgan hayriya auksionida ushbu uch juft yulduzli 7444 dona qimmatbaho toshlardan tarkib topgan butsalar jami 770 ming dollarga baholangan edi. 
Butsalarni zargarona qilib ishlash fikri Riodan chiqdi: "Bu ishimiz shaxsan menga va terma jamoamizdagi sheriklarimga, bechorahol oilalar va bolalarga yordam va mehr ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat edi. Fikrimni Jon va Ueynga yetkazganim zahoti ular meni qo'llab-quvvatladilar."
1. Birmuncha qimmat Umbro Special butsasi Jon Terriga tegishli bo'lib, u 270 ming dollarga sotilgan. Unda 2374 dona qimmatbaho toshlar  mavjud: oq oltin, 84 dona qora briliant va oq brilliantlar bilan 27 karat keladi, undan tashqari sapfir og'irligi 11 karat.
2. Runiga tegishli Nike Total 90 Laser II butsalari 250 ming dollarga qiymatlangan. Juft oyoq kiyim 2576 xil toshlar bilan bezatilgan, orasida oq brilliant 10 karat va qorasi 31 karat. Futbolchi raqami yozilgan "10" esa pushtirang tilladan.
3. Huddi shunday 250 ming dollarga sotilgan Total 9 butsasi mashhur himoyachi Rio Ferdinandga tegishli edi. Bu butsa graffiti-art uslubida kino prodyusser va sobiq musiqachi Goldie tomonidan ishlangan. Futbolchi raqami "5" pushtirang tilladan, 2494 dona toshchalari bor, 18 karatdan ko'proq oq olmos, 15 karat qora olmos va 11 karat yoqutdan iborat.

Internet ma'lumotlari asosida tayyorlandi
  

вторник, 31 марта 2015 г.

Bahorgi qish


Bahordagi qish…

Ukam yoki bo’lmasam yaqin do’stim haqida yoqimli xotiralar bilan eslayman, chunki u kelgan davrada quvonch to’lardi doim. Yaqinlariga mehr ulashuvchi, qalblarni go’yoki nur ila yashnatuvchi samimiy gaplari doim o’z vaqtida chiqqani sabab quloqlarga xush yoqardi. O’zi yoshligidan har bir ishda tirishqoq edi. O’rganayotgan narsasini oxirigacha mag’zini chaqib tushunib olishga harakat qilardi. Maktabda ham ko’cha-ko’yda ham uyda ham “qo’li yengil”, ziyrak bola edi.
Yaratganning inoyati bilan, o’zining qiziqarli lekin birmuncha salobatli gaplarini yotgan holida yetkazishiga nasib qilgan ekan. Yosh, navqiron davrida bu xastalik uning irodasi uchun haqiqiy sinov bo’ldi. Lekin xech tushkunlikka tushmasdan to’g’rirog’i atrofidagilarga bilintirmasdan yaxshilikka intildi. Shu holida bo’lsa ham yaqinlariga, o’ziga qayg’urayotganlarga dalda bo’ldi. Kasallik haqida shifokorlardan to’liq ma’lumotlar bilan qiziqib, o’zi internet sahifalaridan, onlayn maslahatchi-doktorlarning konsultatsiyalari bilan tanishib chiqdi. Og’ir vaziyatga tushib qolganda “sabr”ni shior qilib oldi.
Bu yil yigirma to’rt bahorni qarshilagan bo’lardi. O’lkamizga bahor fasli kirib kelganiga bir oy bo’layotgan bo’lsa ham, uch kundan beri sovuq ob-havo hukmron. Har faslning o’z ziynati, fazli bor deb bejizga aytishmaydi. Bizlarga ham umrimizning har bir fasliga yarashadigan ko’rk bag’ishlash nasib etsin. Toki bahordagi qish xech birimizga navbatdagi mavsumlar kelgunicha ziyon-zaxmat yetkazmasin.