Bahordagi
qish…
Ukam yoki bo’lmasam yaqin do’stim haqida yoqimli
xotiralar bilan eslayman, chunki u kelgan davrada quvonch to’lardi doim.
Yaqinlariga mehr ulashuvchi, qalblarni go’yoki nur ila yashnatuvchi samimiy
gaplari doim o’z vaqtida chiqqani sabab quloqlarga xush yoqardi. O’zi
yoshligidan har bir ishda tirishqoq edi. O’rganayotgan narsasini oxirigacha
mag’zini chaqib tushunib olishga harakat qilardi. Maktabda ham ko’cha-ko’yda
ham uyda ham “qo’li yengil”, ziyrak bola edi.
Yaratganning inoyati bilan, o’zining qiziqarli lekin
birmuncha salobatli gaplarini yotgan holida yetkazishiga nasib qilgan ekan.
Yosh, navqiron davrida bu xastalik uning irodasi uchun haqiqiy sinov bo’ldi.
Lekin xech tushkunlikka tushmasdan to’g’rirog’i atrofidagilarga bilintirmasdan
yaxshilikka intildi. Shu holida bo’lsa ham yaqinlariga, o’ziga
qayg’urayotganlarga dalda bo’ldi. Kasallik haqida shifokorlardan to’liq
ma’lumotlar bilan qiziqib, o’zi internet sahifalaridan, onlayn
maslahatchi-doktorlarning konsultatsiyalari bilan tanishib chiqdi. Og’ir
vaziyatga tushib qolganda “sabr”ni shior qilib oldi.
Bu yil yigirma to’rt bahorni qarshilagan bo’lardi.
O’lkamizga bahor fasli kirib kelganiga bir oy bo’layotgan bo’lsa ham, uch
kundan beri sovuq ob-havo hukmron. Har faslning o’z ziynati, fazli bor deb
bejizga aytishmaydi. Bizlarga ham umrimizning har bir fasliga yarashadigan
ko’rk bag’ishlash nasib etsin. Toki bahordagi qish xech birimizga navbatdagi
mavsumlar kelgunicha ziyon-zaxmat yetkazmasin.
Комментариев нет:
Отправить комментарий